Tuproqqal'a tuman hokimligining rasmiy veb-sayti

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • Telegram
  • Facebook
  • Instagram
  • Twitter
  • Youtube

Sayt bo‘yicha qidiruv

Tuproqqal'a tumani hokimligi
  • Tuman haqida
  • Tuman hokimligi
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Bog'lanish
  • Ko‘rinish

    A
    A
    A

    Shrift o‘lchami

    0% ga kattalashtirish
Ochiq muloqot | Yangi ish o'rinlarini yaratish va aholi bandligini ta'minlash borasida qilingan ishlar va rejalar

09.02.2023

Bugun Tuproqqal'a tumani hokimligi binosida tuman hokimi Alisher Salayev boshchiligida Korxona tashkilot rahbarlari, jamoatchilik va OAV vakillari ishtirokida ochiq muloqot o'tkazildi.

Tuman hokimi ishtirokchilarga aholi bandligini ta'minlash borosida qilingan ishlar va joriy yilda yaratiladigan yangi ish o'rinlari to'grisida ma'lumot berdi.

Tumanda fuqarolarning bandligini taʼminlash va ijtimoiy himoyalash maqsadida, o‘tgan davr mobaynida jami 1 978 nafar (yoshlar 748 nafar, ayollar 966 nafar) fuqarolar doimiy ishga joylashtirildi.

Ishga joylashtirish imkoniyati bo‘lmagan 341 nafar fuqarolarni ijtimoiy ko‘llab-quvvatlash maqsadida jami 488.13 mln. so‘m ishsizlik nafaqasi tayinlandi va to‘lab berildi.

2020-2022 yillarda 4 014 ta nafar fuqarolar haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilinib, 2 mlrd 744.1 mln. so‘m, ish haqi hisoblanib, to‘lab berilgan.

Ishsiz fuqarolarning 68 nafariga tadbirkorlik ro‘yxatidan o‘tishlari uchun 16.8 mln. so‘m, 251 nafariga issiqxona o‘rnatish uchun 742.3 mln so‘m va boshqa holatlarda 131 nafariga 128.2 mln so‘m subsidiya mablag‘lari ajratildi.

Bundan tashqari, 2020 yilda 2 ta, 2021 yilda 1 ta va 2022 yilda 3 ta kooperativ tashkil qilinib, jami 6 ta kooperativ uchun 543.9 mln. so‘m subsidiya mablag‘lari ajratilishi hisobiga 220 nafar fuqarolarning bandligini taʼminlanishiga ko‘maklashildi.

O‘tgan davr mobaynida bandlik jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan jami 4 mlrd. 663.4 mln.so‘m mablag‘lar ajratilib,7 003 nafar fuqarolarning bandligiga ko‘maklashildi.

Tuman tashkil etilgan paytda tuman aholisi 54,2 ming nafarni, mehnat resurslari 31,6 ming nafarni, ishsiz aholi 3,2 ming kishini tashkil qilib, ishsizlik darajasi 11,5 foiz tashkil qilgan.

Hozirgi kunda. tuman aholisi 57 ming nafarni, mehnat resurslari 32,7 ming nafarni tashkil qilib, ishsiz aholi 2390 kishi, ishsizlik darajasi 8,6 foizga kamayishiga erishildi.

Tuman tashkil topganidan hozirgi kunga qadar dastur bo‘yicha 928,6 mlrd. so‘mlik investitsiya o‘zlashtirilishi hisobiga 84 ta loyihalar amalga oshirilib, 1216 ta yangi ishchi o‘rinlari yaratildi.

Jumladan;

- sanoat yo‘nalishida – umumiy qiymati 732,7 mlrd. so‘mlik 26 ta loyiha, yaratilgan ish o‘rni 813 ta;

- xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida – umumiy qiymati 77,3 mlrd. so‘mlik 34 ta loyiha, yaratilgan ish o‘rni 199 ta;

- qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida – umumiy qiymati 118,6 mlrd. so‘mlik 24 ta loyiha, yaratilgan ish o‘rni 204 ta;

Ushbu amalga oshirilgan investitsiya loyihalarini yillar kesimida olib qaraydigan bo‘lsak:

- 2020 yilda umumiy qiymati 42,1 mlrd. so‘mlik 31 ta loyiha, 149 ta yangi ish o‘rinlari;

- 2021 yilda umumiy qiymati 869,4 mlrd. so‘mlik 39 ta loyiha, 916 ta yangi ish o‘rinlari;

- 2022 yilda umumiy qiymati 17,1 mlrd. so‘mlik 14 ta loyiha, 148 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

2023 yilda umumiy qiymati 740,2 mlrd. so‘mlik 58 ta loyiha amalga oshirilib, 1152 ta yangi ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan. Jumladan, 1 ta “Mega”, 10 ta “Yirik” hamda 47 ta “Kichik” loyihalar shakllantirilgan.

Shundan so'ng ishtirokchilarning fikr mulohazalari tinglandi.

Tuproqqal'a tumani hokimligi

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.tuproqqalatumani.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2022 Tuproqqal'a tumani hokimligi rasmiy veb-sayti

Tuman haqida
  • Tuman haqida
  • Mahalliy Kengash
  • Tuman tashkilotlari
  • Statistika
Tuman hokimligi
  • Hokimlik haqida
  • Elektron hukumat
  • Ishonch raqam
  • Bo'sh ish o'rinlari
  • Manzil
Voqealar
  • Matbuot xizmati
  • Deputatlar faoliyati
  • Ma'ruzalar
  • E'lon va tenderlar
Hujjatlar
  • Tuman hokimi qaror va farmoyishlari
  • Kengash qarorlari
  • Ochiq ma'lumotlar
Ishlab chiqivchi:Furqat Masharipov