13.10.2023
Ayni damda, Tuproqqal'a tumani hokimi Shuhrat Ahmedov, sektor rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari va tashkilot rahbarlari ishtirokida Xorazm telekanalida “Hokim bilan muloqot” teledasturi bo’lib o’tmoqda.
Eslatib o’tamiz, ushbu teledasturda sektorlar faoliyati, tumandagi islohotlar natijadorligi, aholining Ijtimoiy-iqtisodiy masalalari bo’yicha murojaat qilish imkonini beradi.
Tuproqqal'a tumanida mehnat resurslari 33 ming 113 kishini tashkil etadi. Shundan, ish bilan band aholi 24 ming 390 kishini, ishsizlar 2 ming 304 kishini (yoki 8,6%), iqtisodiy nofaol aholi 6 ming 419 nafarni tashkil qiladi.
O'tgan 9 oy davomida 11 512 ta yangi ish o'rinlari yaratildi - Shuhrat Ahmedov
Joriy yilning yanvar-avgust oylarida tumanda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 6,9 trln. so’mni, iste’mol tovarlar ishlab chiqarish hajmi 5,5 trln. so’mni, qurilish pudrat ishlari hajmi 83,0 mlrd. so’mni, ko’rsatilgan xizmatlar hajmi 172,2 mlrd. so’mni va chakana savdo hajmi 180,4 mlrd. so’mni tashkil qildi.
Hokim yordamchilari tomonidan 850 nafar fuqarolarga 21,2 mlrd. so’m imtiyozli kreditlar ajratilishi hisobiga 865 nafar, 314.4 mln. so’m subsidiyalar ajratilishi hisobiga 65 nafar fuqarolarning daromad manbai yaratildi.
560 nafar fuqaroga tanlov asosida 296,6 gektar ekin yer maydonlari ajratilib, sifatli qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirilmoqda.
O'tgan vaqt davomida 273 ta yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil qilindi.
“Ochiq byudjet” loyihasi doirasida tumandagi mahallalarda joriy yilning 1-mavsumida 5 ta taklifga 4,4 mlrd. so’m, 2-mavsumida 4 ta taklifga 4,9 mlrd. so'm mablag’lar yo’naltirildi.