26.02.2022
Bugun Tuproqqal'a tuman hokimligi binosida Iqtisodiy soha vakillari, "Erkin iqtisodiy zona"da faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar, bloger va OAV vakillari ishtirokida Tuproqqal'a hududida joylashgan "Hazorasp erkin iqtisodiy zonasida barpo etilayotgan yangi ishlab chiqarish obyektlari" mavzusida ochiq muloqot bo'lib o'tdi.
Ochiq muloqotda bugungi kunda amalga oshiralayotgan loyihalarga ham to'xtalib o'tildi.
Xususan, bugungi kunda Tuproqqal'a tumanida qiymati 93 mlrd. 718 mln. so'm bo'lgan 25 loyiha amalga oshirilmoqda. Mazkur loyihalar amalga oshirilishi hisobiga 311 ta yangi ishchi o'rni yaratiladi.
Shunigdek, ochiq muloqotda bir qator tadbirkorlik subyetlarining ham faoliyati e'tirof etildi.
Xususan, "Juletta" MCHJ tomonidan sanoat yo'nalishida o'z mablag'i xisobidan 500 mln. so'm va bank kriditlari xisobidan 200 mln. so'm evaziga yillik ishlab chiqarish quvvati 650 mln. so'm bo'lgan tikivchilik sexini tashkil qilish loyihasi doirasida 25 nafar xotin qizlarning doimiy bandligi ta'minlanadi.
Katta tajriba va ishlab chiqarish sanoatida o'z o'rniga ega "Nur Muhammad Islom Obod" MCHJ "Bir martalik tibbiyot qo'qoplari" ishlab chiqarish korxonasini yanada kengaytirib 2-bosqich loyihasini amalga oshirish arafasida.
Mazkur loyiha qiymati 10 mrld 270 mln so'mni tashkil qilishi barobarida yiliga 2 mlrd 530 mln so'mlik tibbiy qo'lqoblar ishlab chiqarish sanoati yo'lga qo'yiladi.
Ochiq muloqot davomida mas'ullar tomonidan OAV va tadbirkorlarning savollariga to'laqonli va to'liq javoblar berildi hamda faoliyatida muammolari mavjud tadbirkorlarga amaliy yordamlar ko'rsatilishiga kelishib olindi.