Obod va xavfsiz mahalla tamoyili asosida "Mahalla beshligi" o‘qitilmoqda
26.05.2023
Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha yangi tizimning mazmun-mohiyati yuzasidan hududlarda kunlik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Ayni damda Tuproqqal'a tumani hokimlik binosida Ichki ishlar vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda respublika idoralarining mas’ul xodimlari tomonidan 18 ta “mahalla beshligi", ya’ni raisi, profilaktika inspektori, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faollariga o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.