12.09.2023
Tuproqqal'a tumanida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” 2023 yil 16 fevraldagi PQ-57-sonli qarori ijrosi bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan media tur bo'lib o'tdi.
Unda Xorazm MTRK xodimlari hamda mahalliy bloger va jurnalistlar ishtirok etishdi.
Media tur davomida ishtirokchilar yangi qurilgan uy-joylar, korxona-tashkilotlar va tadbirkorlik subyektlarida bo'lib, ularga o'rnatilgan muqobil energiya vositalarining foydasi va qulayliklari bilan tanishdilar.
Xususan, tumanda o'tgan vaqt davomida 138 ta obyektga quvvati 881 kWatt/soat bo'lgan quyosh panellari hamda 3 ming litr sig'imga ega 11 ta obyektda joylashgan geliokollektorlar o'rnatilgan.
Shundan, 29 ta davlar tashkilotida 241 kWatt/soat, 32 ta tadbirkorlik subyektlarida 346 kWatt/soat, 75 ta xonadonlarda 264 kWatt/soat quvvatga ega quyosh panellari o'rnatildi.