Matbuot anjumani | Ta'lim tizimidagi o'zgarishlar va yangi vazifalar
21.02.2024
Bugun Tuproqqal'a tumani hokimligi binosida ta'lim tizimidagi o'zgarishlar va yangi vazifalarga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Tuman hokimi A.Jimalyazov boshchiligida o'tkazilgan tadbirda tuman maktab va maktabgacha ta'lim bo'limi mutasaddilari, direktor va mudirlar, shuningdek, jurnalist va blogerlar ishtirok etishdi.
Anjuman avvalida tuman hokimi 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2024-yilda oldimizda turgan vazifalar yuzasidan axborot berdi. Shundan so'ng ishtirokchilarni qiziqtirgan savol va takliflari tinglandi. Anjuman yakunida o'qituvchi va murabbiylarga zamonaviy metodik qo'llanmalar tarqatildi.