
Mahalla ichki xo'jalik yo'llari holatini yaxshilash maqsadida ko‘chalar tekislanib qum tosh aralashmasi (ШПС) yotqizish ishlari boshlandi.
26.11.2022

Ayni vaqtda tumanning davlat dasturlariga kiritilmagan, lekin ta'mirlashga birinchilardan muhtoj hisoblangan 18,4 km ichki xo'jalik yo'llarida ish jarayoni olib borilmoqda.
Soha mutaxassislari va kerakli texnikalar barchasi jalb qilingan holda ishni tez fursat ichida sifatli qilib bitkazish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Ish jarayonlari davom etmoqda, bizni kuzatishda davom eting.