
Keksalarni eʼzozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish - xalqimizga xos ezgu fazilat!
06.10.2022
Maʼlumki Respublikamizda har yili oktyabr oyining birinchi haftaligi - “Keksalar haftaligi” deya eʼlon qilingan. Ushbu anʼana har galgidek shahar va tumanimizda ham davom etmoqda.

Haftalik doirasida joylarda keksalarni eʼzozlash, keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat, oilalar va mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, shuningdek, yosh avlodni xalqimizning ko‘p asrlik anʼanalarini hurmat qilish ruhida tarbiyalash maqsadida turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.

Bugun navbatdagi tadbir Pitnak shahridagi 6-son bolalar musiqa va sanʼat maktabida o‘tkazildi. Kuy-qo‘shiqlarga boy o‘tkazilgan tadbirda bir guruh nuroniylar tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

