27.02.2023
SESSIYA KUN TARTIBIDA QUYIDAGI MASALALAR KO'RIB CHIQILISHI KUTILMOQDA:
1. Tuproqqalʼa tumanida 4-bosqich “Ayollar daftari” ro‘yxatini va xotin-qizlarning muammolarini hal etish va ularni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash to‘g‘risida.
2. Tuproqqalʼa tumani 1-sektor hududidagi tibbiy hamda ijtimoiy yordam ko‘rsatilgan 3 ta oilani “Temir daftar”dan chiqarish to‘g‘risida.
3. Tuproqqalʼa tumani 3-sektordagi oilani “Temir daftar”ga kiritish to‘g‘risida.
4. Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashining ish rejasi hamda shu asosida Kengash doimiy komissiyalarining 2023 yil uchun ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida.
5. Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlarining deputatlik odobi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida.
6. Tuproqqalʼa tumanida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlaridan samarali foydalanish, hududlarni ixtisoslashtirish, bo‘sh turgan, zaxiradagi va kelgusida zaxiraga olinadigan yer maydonlarini dehqon xo‘jaligi tashkil etish uchun ochiq elektron tanlovga chiqarish bo‘yicha tayyorlangan loyihalarni ko‘rib chiqish va tasdiqlash to‘g‘risida.
7. Tuproqqalʼa tumani hududida “Yashil bog‘lar” hamda “Yashil jamoat parklari”ni tashkil etish to‘g‘risida.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil-25-oktyabrdagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yana-da yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-408-son qarorining Tuproqqalʼa tumanida ijrosi yuzasidan.
SESSIYANI JONLI EFIRDA KUZATISHINGIZ MUMKIN.