03.02.2023
Sessiyada quyidagi masalalar ko'rib chiqilishi kutilmoqda:
1. Tuproqqalʼa tumani sektorlarida 2022-yil davomida “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” asosida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan sektor rahbarlarining hisoboti to‘g‘risida.
2. Jinoyat ishlari bo‘yicha Tuproqqalʼa tuman sudi raisi Ilxom Ismailovning 2022-yil davomidagi faoliyati yuzasidan axboroti to‘g‘risida.
3. Majburiy Ijro Byurosi Tuproqqalʼa tuman bo‘limi boshlig‘i G‘ayrat Madrimovning 2022-yil davomidagi faoliyati bo‘yicha hisoboti.
4. Tuproqqalʼa tumani Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Sanobar Ro‘zimovaning 2022-yil davomida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish to‘g‘risidagi hisoboti.
5. Tuproqqalʼa tumanida 2022-yil davomida ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar bajarilishi yuzasidan tuman hokimining moliya-iqtisod va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i Sardor Sultanovning axboroti to‘g‘risida.
6. Tuproqqalʼa tumanini 2023-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash to‘g‘risida.
7. Ko‘p kvartirali uylarda istiqomat qiluvchi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da ro‘yxatda turuvchi “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning uy-joy mulkdorlari shirkatidan bo‘lgan qarzdorlikni qoplash uchun subsidiya ajratish to‘g‘risida.
8. Tuproqqalʼa tumani mahalliy byudjetining 2022-yil yillik ijrosi yuzasidan tuman Moliya bo‘limi boshlig‘i Bobur Atabayevning hisoboti to‘g‘risida.
9. “Tuproqqalʼa tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi boshlig‘i Kazbek Yakubovning 2022-yilda Jamoat jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga aholini ijtimoiy muxofaza qilish va bandligini taʼminlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti to‘g‘risida.
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok yetib kelayotgan fuqarolarni rag‘batlantirish tartibini joriy etish to‘g‘risida”gi 99-sonli qarori ijrosi to‘g‘risida.
11. Tuproqqalʼa tumanidagi mahallalar chegaralarini belgilash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tuzilgan ishchi guruhi yig‘ilishining 2022-yil 28-dekabr kungi 136-sonli bayonini tasdiqlash haqida.
12. Yoshlar ishlari agentligi Tuproqqalʼa tumani bo‘limi boshlig‘i Xurram Rasulovning 2022-yil davomida Yoshlar faoliyati bilan bog‘liq sohalarda uchrayotgan dolzarb muammo va kamchiliklar hamda ularning yechimi yuzasidan hisoboti to‘g‘risida.
13. Tuproqqalʼa tumanidagi ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalarni “Temir daftar”ga kiritish to‘g‘risida.
Sessiya ijtimoiy tarmoqlar orqali jonli efirda uzatilmoqda.