08.02.2023
Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko'rib chiqilishi kutilmoqda:
1. Tuproqqalʼa tuman prokurori S.M.Gaybiyevning tuman hududida qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida 2022-yildagi faoliyati yuzasidan axboroti to‘g‘risida.
2. Tuproqqalʼa tuman hokimining sessiyalar oralig‘ida qabul qilingan ayrim qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida.
3. Tuproqqalʼa tumanidagi fermer xo‘jaliklari Yer masalalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha tuman komissiyasining fermer xo‘jaliklari yer maydonlarini, davlat zaxira fondiga qaytarib olish yuzasidan iqtisodiy sudga daʼvo arizasi kiritishga ruxsat berish to‘g‘risidagi yozishmasi haqida.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-sonli qarorlarini ijrosini taʼminlash maqsadida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ochiq elektron tanlovga chiqarish to‘g‘risida.
5. Tuproqqalʼa tumani mahalliy byudjetining 2023-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.
Sessiya YouTube ijtimoiy tarmog'i orqali to'gridan-to'g'ri efirga uzatilmoqda.