11.03.2023
Bugun, Tuproqqal'a tumanida buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan, ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda, Xorazm viloyati hokimining maslahatchisi Ravshan Xudayberganov, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Xorazm viloyat bo‘limi rahbari Bekzod Abdrimov, tuman hokimligi mutasaddilari, Ogohiy nomidagi teatr jamoasi, Ma’naviyat targ‘ibotchilari hamda yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida rasmlar tanlovi tashkil qilindi. Viloyat Ogohiy nomidagi drama teatri aktyorlari tomonidan, Beruniy sahna ko‘rinishi nomoyish etildi. Shuningdek, musiqa maktab o‘qituvchisi Inomjon Norboyev, Madaniyat bo‘limi boshlig‘i Bobomurod Maxmudov tomonidan kuy-qo‘shiqlar kuylandi.