01.01.2024
Qadrli Tuproqqal’a tumani aholisi!
Siz, azizlarni, ko‘pmillatli butun Tuproqqal’a xalqini kirib kelayotgan yangi 2024-yil bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.
Barchangizga o‘zimning yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni bildiraman.
2023-yilda mashaqqatli va jasoratli mehnatimiz bilan tumanimiz taraqqiyoti yo‘lida muhim marralarga erishdik. Inson qadrini ulug‘lash, xalqimizni rozi qilish borasida yangi qadamlar qo‘ydik.
Xalq ovozi bo‘lgan mahallaning hayotimizdagi o‘rni va ta’siri kuchaymoqda. Eng muhimi, yurtimizda tinchlik va barqarorlik, millatlar va dinlararo totuvlik hukm surmoqda. Yangi O‘zbekistonimizning jahon hamjamiyatidagi obro‘-e’tibori yuksalmoqda.
Shu qutlug‘ ayyomda erishgan barcha yutuqlarimizning bunyodkori bo‘lgan butun tumanimiz xalqiga yana bir bor minnatdorchilik bildiraman.
Yangi yilda insonni qadrlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ishlarimizni yuqori bosqichga ko‘taramiz.
Farzandlarimiz sifatli ta’lim va tarbiya olib, barkamol shaxs bo‘lishlari uchun boshlagan ishlarimizni izchil davom ettiramiz.
Aziz va qadrli Tuproqqal’aliklar!
Qalblarimiz pok niyatlarga to‘lib turgan ushbu quvonchli lahzalarda sizlarni, butun xalqimizni yangi – 2024-yil bilan yana bir bor chin dildan muborakbod etaman.
Barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayz-u baraka, oilaviy baxt-u saodat tilayman.
Yangi yilning qadami qutlug‘ kelsin, barcha ezg-u niyatlarimiz amalga oshsin, yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin!
Yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin!
Tuproqqal'a tumani hokimi Akmal Jimalyazov