23.12.2022
Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashining 67-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Sessiyaga Kengash raisi, tuman hokimi - Alisher Salayev raislik qildi va kun tartibidagi quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31 martdagi 145- sonli qarori asosida Tuproqqalʼa tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan ijtimoiy himoya va moddiy yordamlar ko‘rsatilgan xotin-qizlarni “Ayollar daftari” ro‘yxatdan chiqarish to‘g‘risida.
2. Tuproqqalʼa tumani 1 va 3-sektordagi tibbiy, moddiy hamda ijtimoiy yordam ko‘rsatilgan 20 ta oilani “Temir daftar”dan chiqarish to‘g‘risida.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil
25 oktyabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yana-da yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-408-sonli Qarorining Tuproqqalʼa tumanida ijrosi to‘g‘risida.
4. Tuproqqalʼa tumanida “Mahalla – xizmatlar va servis markazi” tamoyilini amalga oshirishni yana-da kuchaytirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mahalla fuqarolar yig‘ini raislari hisoboti to‘g‘risida.
5. Tuproqqalʼa tumani bolalarni himoya qilish shoʻbasi mudiri Bekchanov Mansur Abdullayevichning 2022 yil IV chorakda qilgan ishlari yuzasidan hisoboti to‘g‘risida.
6. Tuproqqalʼa tumani mahalliy byudjetining 2022 yil II chorak daromadlar rejasini oshirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.
7. Tuproqqalʼa tumani mahalliy byudjetining 2022 yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.
8. Tuproqqalʼa tuman xalq taʼlimi bo‘limiga qarashli 15-sonli umumtaʼlim maktabiga direktor lavozimiga nomzod taqdim qilish to‘g‘risida.
9. Tuproqqalʼa tumanidagi fermer xo‘jaliklari Yer masalalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha tuman komissiyasining chorva fermer xo‘jaliklari tomonidan ortiqcha foydalanib kelayotgan yer maydonlarini, davlat zaxira fondiga qaytarib olish yuzasidan iqtisodiy sudga daʼvo arizasi kiritishga ruxsat berish to‘g‘risidagi yozishmasi haqida.
Kun tartibiga kiritilgan masalalar deputatlar tomonidan qizg‘in muxokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi