29.11.2022
Sessiyaga Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashi raisi, tuman hokimi Alisher Salayev raislik qildi.
Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
1. Tuproqqalʼa tumani 2-sektordagi Yo‘ldosh Oxunboboyev mahallasi Nurota ko‘chasi 60-uyda yashovchi tibbiy yordamga muhtoj Husinov Neʼmat Raximovichning oilasini hamda 4-sektordagi Shayxlar mahallasi Billur ko‘chasi 91-uyda yashovchi yakka-yolg‘iz Qutlimuratov Masharipni “Temir daftar”ga kiritish to‘g‘risida.
2. Tuproqqalʼa tumani 4-sektor hududidagi Yangi zamin mahallasida yashovchi fuqaro Kuryazov Bobamurad Sadullayevichning, shu mahallada yashovchi Ochilov Anvar Xusinovichning hamda Muxabbat mahallasida yashovchi Masharipov Doniyorbek Quvondiq o‘g‘lining oilalarini “Temir daftar”dan chiqarish to‘g‘risida.
3. Tuproqqalʼa tumanida “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarni quyosh suv isitish qurilmalari bilan taʼminlash uchun “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.
4. Tumandagi “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarni tomorqa yerlaridan samarali foydalanish maqsadida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ko‘chat sotib olish uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risida.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 3 fevraldagi “Xalq taʼlimi tizimini isloh qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi F-22-sonli farmoyish ijrosi yuzasidan tuman xalq taʼlimi bo‘limi va umumtaʼlim maktablarida o‘tkazilgan o‘rganish natijalari to‘g‘risida
Sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalardan faqat Kuryazov Bobamurad Sadullayevichning oilasini "Temir daftardan chiqarish masalasi" oila boshlig‘ining hali to‘liq tuzalib ketmaganligi, oila daromadlari meyyor darajasiga yetmaganligi sababli rad etildi.
Shuningdek, tuman Xalq taʼlimi bo‘limi va umumtaʼlim maktablarida o‘tkazilgan o‘rganish natijalari tanqidiy taxlil qilindi hamda tuman Xalq taʼlimi bo‘limi mudiri, 11, 18, 20, 21-son maktab direktorlariga tegishli chora ko‘rish yuzasidan viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasiga taqdimnoma kiritish borasida qaror qabul qilindi.
Ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan deputatlar o‘z fikrlarini bildirdilar.
Sessiya kun tartibida muhokama qilingan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilindi.
Sessiya Tuproqqalʼa tumani hokimligi axborot xizmati YouTube ijtimoiy tarmog‘i rasmiy sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilindi.