18.04.2023
Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashining 76-sessiyasi o'z ishini boshladi.
SESSIYA KUN TARTIBIDA QUYIDAGI MASALALAR KO'RIB CHIQILISHI KUTILMOQDA:
1. Jamoatchilik fikri asosida shakllangan va ovoz berish yakuniga ko‘ra “g‘olib” takliflarni tanlab olish hamda ularga mablag‘ yo‘naltirish to‘g‘risida.
2. Tuproqqalʼa tumani 2-sektor hududidagi yashovchi moddiy yordam ko‘rsatilgan fuqaro oilasini “Temir daftar”dan chiqarish to‘g‘risida.
3. “Temir daftar”da ro‘yxatda turgan tibbiy yordam hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan daʼvolanish va moddiy taʼminlash uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risida.
4. Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashining 2023 yil
3 apreldagi “Tuproqqalʼa tumanidagi nochor sharoitdagi oilalarning uy-joylarini taʼmirlash ishlarini tashkillashtirish va amalga oshirish to‘g‘risida”gi VI-74-46-12-218-K/23-son qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi “2022-2023- yillarda mahallalar infratuzilmasini yana-da yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-408-sonli Qarori ijrosi to‘g‘risida.
6. Tuproqqalʼa tuman hokimining sessiyalar oralig‘ida qabul qilingan ayrim qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida.
7. Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisini tayinlash to‘g‘risida.
SESSIYANI JONLI EFIRDA KUZATISHINGIZ MUMKIN.