Ijtimoiy soha obyektlarida o'rganish ishlari olib borildi.
06.11.2023
Bugun Tuproqqal'a tumani hokimi Shuhrat Ahmedov bir qator ijtimoiy soha obyektlarida bo'lib, ularning qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari, obodonlashtirish va yashil makon umummilliy loyihasi ijrosi bilan tanishdi.
Xususan, tuman hokimi rekonstruksiya ishlari yakunlanish arafasida bo'lgan 6-son davlat maktabgacha ta'lim tashkilotiga tashrif buyurib, aniqlangan qurilish va obodonlashtirish ishlaridagi kamchiliklarni bartaraf etish hamda muassasani tezroq bolajonlar foydalanuviga topshirish yuzasidan ko'rsatmalar berdi.